Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 9-aprel
1. Xizmat tavsifi
HR Help — kompaniyalar uchun xodimlar davomati, ish vaqtini hisoblash, ta'til boshqaruvi va maosh hisob-kitobi xizmati. Xizmat mobil ilova (Android/iOS) va veb-panel orqali taqdim etiladi.
2. Akkaunt va foydalanuvchi
Xizmatdan foydalanish uchun kompaniya ro'yxatdan o'tishi va xodimlar akkauntlari yaratilishi kerak. Siz akkauntingiz xavfsizligi, parol va biometrik ma'lumotlaringizdan javobgar siz.
3. Taqiqlangan harakatlar
- Boshqa xodim nomidan check-in qilish yoki soxta joylashuv ishlatish
- Yuz tanib olish tizimini aldash (rasmlar, videolar orqali)
- Tizim xavfsizligini buzishga urinish, ma'lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirish
- Xizmatdan qonunga zid maqsadlarda foydalanish
- Avtomatik bot yoki skriptlar orqali xizmatga so'rov yuborish (rate limit bor)
4. To'lov va obuna
Bepul sinov davri: kompaniya ro'yxatdan o'tgan oy va undan keyingi oy — xizmat to'liq bepul. Sinov davrida karta ma'lumotlari so'ralmaydi va hech qanday to'lov yechib olinmaydi.
Sinov davri tugagach xizmat oylik obuna asosida ishlaydi. Tariflar (QQSsiz):
- Lite — 50 000 so'm/oy, 10 tagacha xodim va 1 filial (xodim soniga bog'liq emas).
- Pro — xodim boshiga 4 000 so'm/oy, minimal oylik to'lov 200 000 so'm. Xodim va filial soniga cheklov yo'q.
Oylik to'lov faqat o'sha oy boshigacha ro'yxatga olingan faol xodimlar bo'yicha hisoblanadi — oy o'rtasida qo'shilgan xodim keyingi oydan boshlab hisobga olinadi.
To'lov usuli: Click orqali, 1, 3, 6 yoki 12 oyga. Karta ma'lumotlari bizda saqlanmaydi va avtomatik yechib olish qo'llanilmaydi — har bir to'lovni foydalanuvchining o'zi tasdiqlaydi.
Imtiyozli (grace) davr: obuna yoki sinov muddati tugagach xizmat yana 14 (o'n to'rt) kun to'liq ishlaydi. Shu muddat ichida to'lov amalga oshirilmasa, ma'lumot kiritish (yozish) amallari cheklanadi; mavjud ma'lumotlarni ko'rish va eksport qilish ochiq qoladi va ma'lumotlar o'chirilmaydi.
Tariflar o'zgartirilishi mumkin. Bunday holatda biz o'zgarish kuchga kirishidan kamida 30 (o'ttiz) kun oldin sizga admin panel va Telegram orqali xabar beramiz. Xabarnomadan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarni qabul qilganingizni bildiradi; rozi bo'lmasangiz, shu muddat ichida akkauntni yopishingiz va ma'lumotlaringizni eksport qilib olishingiz mumkin.
5. Xizmat ishonchliligi
Biz xizmatning 99% vaqt ishlashini ta'minlashga harakat qilamiz, lekin kafolatlay olmaymiz. Texnik ishlar, yangilashlar va kutilmagan holatlar tufayli vaqtincha uzilishlar bo'lishi mumkin. Biz bunday uzilishlar uchun javobgar emasmiz.
6. Ma'lumotlar mulki
Siz kiritgan ma'lumotlar (xodimlar, davomat, maosh) kompaniyangiz mulki hisoblanadi. Biz ularni faqat xizmat ko'rsatish uchun ishlatamiz. To'liq ma'lumot uchun Maxfiylik siyosatiga qarang.
7. Shartlarning o'zgarishi
Biz ushbu shartlarni o'zgartirish huquqini saqlab qolamiz. Muhim o'zgarishlar haqida kompaniya adminiga xabar beriladi.
8. Aloqa
Savollar uchun: [email protected]